Institut  talabalari  o‘rtasida  o‘tkaziladigan “Yil talabasi”  tanlovi  to‘g‘risida NIZOM

Institutning  2018 yil      maydagi

_____A/F – sonli buyrug‘iga  1 – ilova

 

Institut  talabalari  o‘rtasida  o‘tkaziladigan

“Yil talabasi”  tanlovi  to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom institutda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Yil talabasi” tanlovini (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb ataladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Mazkur Nizomning amal qilishi xorijiy institutlarning filiallariga, shuningdek  harbiy institutlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

  1. Tanlovning maksadi jamiyatga va davlatimizga yetuk yosh va rakobatbardosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash va intelektual s al oxi yati ni oshirish xamda ularga uz idtidor va saloxdyatini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, tayaabalarda tashabbuskorlik, vatanparvarlik, fidoyilik fazilatlari va jamoatchilik kobiliyatini karor toptirish, uz kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyok; va yurt kelajagiga daxldorlik tuygularini yuksaltirish, talabalik nufuzini oshirishdan iborat.
  2. “Yil talabasi” tanlovi bosqichma - bosqich, ushbu Nizomning 2 - ilovasidagi sxemaga muvofiq ravishda o‘tkaziladi va quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

a)  Tanlovning birinchi - institut bosqichi har bir institutda o‘tkaziladi;

b) Tanlovning ikkinchi — respublika boskichi Toshkent shahrida yoki Tashkiliy qo‘mita qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda sayyor ravishda o‘tkazilishi mumkin.

  1. Quyidagilar tanlov o‘tkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

a)  birinchi - institut bosqichida rektor (direktor) boshchiligida tegishli mutaxassislar tarkibidan Tanlov komissiyasi tashkil etilib, ular tomonidan:

har bir institutda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganish asosida Tanlovga tavsiya etilgan talabalarning taqdimotini tashkil etish;

Tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan fanlarni o‘zlashtirish natijalari, jamoatchilik ishlari va erishilgan yutuqlar aks etgan hujjatlarni, talabalarning ilmiy va ijodiy ishlarini qabul qilish va o‘rganish asnosida tahlil etish;

Tanlov ishtirokchilarining darslardagi ishtiroki, faollik darajasi, yetakchilik qobiliyatini kuzatish va baholash;

g‘oliblarni aniqlashda tanlov ishtirokchisi bo‘lgan talabaga faqat u tahsil olayotgan fakultet talabalari tomonidan (bir talaba bir ishtirokchiga bir marotaba) berilgan ovozni inobatga olish va g‘olib deb topilgan ishtirokchiga tanlovning respublika bosqichida qatnashishi uchun tavsiyanomalar berish;

b)ikkinchi, respublika bosqichida Tashkiliy qo‘mita va Tanlov komissiyasi tomonidan:

institut tomonidan taqdim etilgan tavsiya hujjatlarini va Tanlov ishtirokchilarining taqdimot materiallarini qabul qilish, o‘rganish va tahlil etish asosida respublika 6osqichi ishtirokchilarini aniqlash;

saralab olingan Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan materiallar taqdimotini tashkil etish va o‘tkazish;

yo‘nalishlar bo‘yicha Tanlov ishtirokchilarini baholash va g‘oliblarini aniqlash;

Tanlov g‘oliblarining moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishini tashkil qilish;

Tanlov o‘tishi va natijalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.

  1. Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

a) “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, bunda talabaning oliy o‘quv yurtiga kirgandan boshlab fanlarni o‘zlashtirish va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun - mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;

b)  “Yilning eng tashabbuskor talabasi”, bunda talabaning institut, Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoat tashkilotlaridagi jamoatchilik ishtiroki, faollik darajasi, namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

v)  “Yilning ixtirochi talabasi”, bunda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;

g)  “Yilning sportchi talabasi”, bunda talabaning sport sohasidagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

d)  “Yiliing ijodkor talabasi”, bunda talabaning san’at, adabiyot, madaniyat va boshqa sohadagi ijodiy ishlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, Tanlovning yakuniy bosqichida Tashkiliy qo‘mita tomonidan maxsus nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar anilanishi mumkin.

II. Tanlovning institutdagi bosqichini tashkil etish tartibi

6. Tanlovning institutdagi bosqichi har yili sentyabr - oktyabr oylarida o‘tkaziladi.

7. Tanlovning institut bosqichi o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yig‘ilish bayonnomasi rektor tomonidan shakllantirilgan Tanlov komissiyasi a’zolari imzosi bilan tasdiqlanadi va g‘olib to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘ma jildi 25 oktyabrdan boshlab 5 ish kuni mobaynida Respublika tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etiladi.

8. Tanlov komissiyasi institutning ma’muriy - boshqaruv xodimlari, mutaxassis – o‘qituvchilar, tashqaridan jalb etilgan tegishli mutaxassislar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.

9.   Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi:

tanlovning institutdagi bosqichi axborot ta’minotini tashkil qiladi;

tanlov ishtirokchilaridan buyurtmanomalar va materiallarni qabul Qilishni tashkil etadi;

tanlov ishtirokchisi taqdim etgan hujjatlarni hamda darslarda va jamoat ishlaridagi ishtiroki sifatini baholaydi;

tanlov ishtirokchisi bo‘lgan talabani baholashda faqat u tahsil olayotgan fakultet talabalari tomonidan (bir talaba bir ishtirokchiga bir marotaba) berilgan ovozni inobatga oladi;

mazkur institutda o‘qib kelayotgan 2, 3 va 4 - bosqich talabalari tanlov ishtirokchisi bo‘lishi mumkin.

10. Tanlovning institut bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘plami tegishli fakultet dekanati tomonidan saralanadi va 25 sentyabrdan boshlab 20 ish kuni mobaynida hujjatlar to‘plamini qog‘ozda va elektron shaklda Tanlov komissiyasiga tavsiya etiladi.

11. Ishtirokchiga tegishli bo‘lgan quyidagi hujjatlar to‘plami fakultet dekanati tomonidan tayyorlanadi va Tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:

  • tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan tomonlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;
  • tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari, talabaning baholarni o‘zlashtirish sinov daftarchasi) nusxalari;
  • tanlov ishtirokchisining nashr etilgan ilmiy, ilmiy - uslubiy, ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilan birga;
  • turli tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);
  • grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi, ishtirokning shakli va darajasi ko‘rsatiladi;
  • konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar, ularda maqomi va nomi, o‘tkazilgan joyi, shaxsan ishtirok etish darajasi (ma’ruzachi, xam ma’ruzachi, tashkilotchi) ko‘rsatiladi;
  • hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlarda Tanlov ishtirokchisining institutga kirgandan so‘nggi faoliyatiga doir ma’lumotlar bo‘lishi lozim.

Yuqorida zikr etilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda har bir ishtirokchi (alohida belgilangan kunlarda) Tanlov komissiyasi oldida o‘zlari haqida ma’lumot berish (tanishtiruv) jarayonini amalga oshiradilar hamda ijtimoiy - siyosiy bilimlari (mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasi, fuqarolar huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi amaliy ishlar, ichki va tashqi siyosat va h,k.) yuzasidan suhbatdan o‘tadilar.

12. Tanlov komissiyasi, ishtirokchilarning hujjatlari to‘plami, darslarda va jamoat ishlarida ishtiroki sifatini, shuningdek ishtirokchi bilan individual o‘tkazilgan suhbat doirasida olingan ma’lumotlarni baholash natijalarini hisobga olgan holda, har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni (1,2,3 - o‘rinlarni) aniqlaydi va birinchi o‘rin sovrindorlarini tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etadi.

13. Nominatsiyalar bo‘yicha 1,2 va 3 - o‘rinlarni egallagan g‘oliblar institutning faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda, eng kam oylik ish haqining yetti barobari, olti barobari hamda besh barobari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan moddiy rag‘batlantiriladi.

14. Moddiy rag‘batlantirish uchun pul mablag‘lari institut rektorining buyrug‘i asosida institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

III. Tanlov tashkilotchilari va ta’sischilari

  1. Tanlovning respublika bosqichi har yili noyabr - dekabr oylarida o‘tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Tashkiliy qo‘mita tarkibiga tasarrufida institut bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, shuningdek, boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi.

  1. Quyidagilar Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Tanlovni o‘tkazish muddatlarini belgilash;

Tanlovni yukori tashkiliy darajada utkazish;

Xdr bir nominatsiya buyicha aloxdda tanlov komissiyasi (ekspertlar guruxi) tarkibini shakllantirish;                                                                                                                     ’ g

X,ar bir nominatsiya buyicha bax,olash mezonlarini ishlab chikish;

Tanlov doirasida utkaziladigan tadbirlarni yoritib borish uchun ommaviy axborot vositalarini jalb etish.

  1. Tashkiliy qo‘mita, qoidaga ko‘ra, rais, rais o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita kotibi va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Tashkiliy qo‘mita raisi, raisning o‘rinbosari va kotibi uning a’zolari orasidan saylanadi.

  1. Tashkiliy qo‘mita raisi:

Tashkiliy qo‘mita majlisi kun tartibini belgilaydi va uni o‘tkazadi;

Tashkiliy qo‘mita qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Tashkiliy qo‘mita a’zolariga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.

  1. Tashkiliy qo‘mita a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

Tashkiliy qo‘mita majlislarida ko‘rib chiqilayotgan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashish;

ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha xulosalar taqdim etish.

Tashkiliy qo‘mita faoliyatida ishtirok etish jamoatchilik asosida amalga oshiriladi.

  1. Tashkiliy qo‘mita majlisini rais, u bo‘lmaganda esa rais o‘rinbosari boshqaradi.

Tashkiliy qo‘mita majlisi a’zolarining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.

  1. Tashkiliy qo‘mita kotibi:

Tashkiliy qo‘mita majlisiga barcha zarur hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;

Tashkiliy qo‘mita raisi bilan majlisning o‘tkaziladigan joyi va vaqtini kelishadi;

Tashkiliy qo‘mita a’zolarini majlisning o‘tkazilish sanasi, joyi va kun tartibidan xabardor qiladi;

Tashkiliy qo‘mita majlislarining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘tkazilishini tashkil etadi;

Tashkiliy qo‘mita majlisi bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangandan so‘ng Tashkiliy qo‘mita a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.

  1. Tashkiliy qo‘mita qarori a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Tashkiliy qo‘mita raisining ovozi hal Qiluvchi hisoblanadi.
  2. Tashkiliy qo‘mitaning ish tartibi u tasdiqlaydigan Reglament asosida belgilanadi.
  3. Tanlovning ta’sischisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hisoblanadi:
  4. Ta’sischi tanlovning barcha bosqichlarini tashkillashtirish va o‘tkazish jarayonida Tashkiliy qo‘mita tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlashda bevosita hamkorlik qiladi va o‘z vakillarining Tashkiliy qo‘mita a’zosi sifatida samarali ishlashi uchun shart - sharoitlar yaratadi.

 

IV. Tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish

  1. Tanlov komissiyalarnning har bir nominatsiya bo‘yicha tarkiblari Respublika Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
  2. Tanlovning Respublika bosqichi ikki turda o‘tkaziladi:

Birinchi turda - Tanlov komissiyalari taqdim etilgan ishtirokchilarning hujjatlarini 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi hamda tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida ikkinchi tur ishtirokchilarini aniqlaydi.

Ikkinchi turda - ishtirokchilar:

  • o‘zlari hakida ma’lumot berish (tanishtiruv) jarayonini amalga oshiradilar;
  • ijtimoiy - siyosiy bilimlari (mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasi, fuqarolar huquqini bilimlarini oshirish borasidagi amaliy ishlar, ichki va tashqi siyosat va h.k.) yuzasidan suhbatdan o‘tadilar
  • o‘z yo‘nalishi (nominatsiya) bo‘yicha taqdimotlarini namoyish etadilar, mazkur jarayonda ularga o‘z ilmiy - ijodiy salohiyati va qiziqishlarini namoyon etish imkoniyati beriladi (bunda Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchiga qo‘shimcha savollar berilishi va ba’zi masalalarga aniqliklar kiritilishi mumkin).
  1. Ishtirokchilarning Taqdimotini o‘tkazish muddati noyabr oyining ikkinchi yarmi mobaynida Tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan kunda har bir nominatsiya bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.
  2. Tanlov komissiyalari tanlov ishlari taqdimotini baholashda Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan, nominatsiya bo‘yicha mezonlarga amal qiladi. Tanlov komissiyalari majlislari bayonnomalari Tashkiliy qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Zarur holatlarda, Tashkiliy qo‘mita hujjatlarni topshirish va Tanlov komissiyasining ish bosqichlari muddatini o‘zgartirish huquqiga ega.
  1. Tanlovning respublika bosqichida har bir nominatsiyalar bo‘yicha 1, 2 va 3 -o‘rin sovrindorlari bo‘lgan ishtirokchilar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli darajadagi diplomlari bilan taqdirlanadilar va 1 - o‘rin sohibiga eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida, 2 - o‘rin sohibiga eng kam ish haqining 8 barobari miqdorida va 2 - o‘rin sohibiga eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida pul mukofoti hamda shuningdek, tanlov statuetkasi, diplom, faxriy yorliq, guldasta berish tizimi joriy etiladi.
  1. Tanlov g‘oliblarini moddiy rag‘batlantirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i asosida oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
  2. Tanlov g‘oliblari institutning homiy tashkilotlari tomonidan qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirilishi mumkin.
  3. Tasarrufida institut bo‘lgan vazirliklar va idoralar o‘zlarining hisobidan tanlov g‘oliblarini qo‘shimcha ravishda pul mablag‘lari bilan moddiy rag‘batlantirishga haqlidir.
  4. G‘oliblarni mukofotlash tadbiri dekabr oyining ikkinchi o‘n kunligida tantanali vaziyatda o‘tkaziladi.
  5. Tanlovga taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
  6. Mazkur nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

 

 

 

 

Institutning  2018 yil      maydagi

_____A/F - sonli buyrug‘iga  2 -  ilova

 

 

Institutning  2018 yil      maydagi

_____A/F – sonli buyrug‘iga  3 - ilova

 

Institut talabalari o‘rtasida “Yil talabasi” tanlovni o‘tkazish

bo‘yicha institut Tashkiliy qo‘mitasi

TARKIBI

F.I.Sh

Lavozimi

1.

O‘.Umurzakov

Rektor, Tashkiliy qo‘mita rahbari

2.

B.Mirzaev

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Tashkiliy qo‘mita rahbari o‘rinbosari

A’zolar:

3.

Q.Shavazov

Ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor

4.

T.Sultonov

Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor

5.

E.Farmonov

QXM  fakulteti dekani

6.

A.Fatxullaev

GM  fakulteti dekani

7.

B.Xasanov

GQ fakulteti dekani

8.

O.Kucharov

IvaM fakulteti dekani

9.

Z.Muqimov

EF va YeK  fakulteti dekani

10.

B.Norov

GIM fakulteti dekani

11.

A.Gapparov

QSXAvaE fakulteti dekani

12.

M.Norqobilov

Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri

13.

Z.Xafizova

Xotin - qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi

14.

F.Irisov

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

15.

R.Jumaniyozov

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i

16.

A.Berdimurodov

Yoshlar ittifoqi institut Kengashi yetakchisi